Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Biz zoʻravonlikka qarshimiz!

Chop etish Sahifani ulashish
07.12.2023 1314 Yangiliklar

Mamlakatimizda 25-noyabrdan 10-dekabrgacha "Zoʻravonlikka qarshi 16 kun" shiori ostida oʻtkazilayotgan kampaniya doirasida Transport vazirligida "Zoʻravonlikning oldini olishda faol boʻling" mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi (https://mintrans.uz/ru/news/biz-zo-ravonlikka-qarshimiz).

Mazkur targʻibot tadbirida USAIDning mahalliy davlat hokimiyati organlarini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha loyihasi Fuqarolik jamiyati bilan ishlash va gender tengligi boʻlimi rahbari M.Inakova ishtirok etdi.

Muloqot davomida mamlakatimizda zoʻravonlikning oldini olish, zoʻravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish boʻyicha bir qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Ushbu yoʻnalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va qonunlar yuzasidan tushuntirishlar berildi, milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.