Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ayollar huquqlari va gender tengligi

Chop etish Sahifani ulashish
25.12.2019 1224 Yangiliklar

Bugun Transport vazirligida O‘zbekiston gender komissiyasi va Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi mutaxassislari ishtirokida xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, ayollarning hokimiyat hamda boshqaruv sohalarida salohiyatini to‘la namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish masalasida suhbat bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro muloqot davomida bugungi kunda faol iste’molda bo‘lgan gender so‘zining tushunilishi va qo‘llanish holatlaridagi noto‘g‘ri talqin va tasavvurlar borasida fikr almashildi.  

Gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Har ikki jins vakillarining o‘z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari suradi, xolos. Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining ta’minlanishidadir. Bu esa o‘z navbatida har bir mamlakatda siyosiy va iqtisodiy o‘sishga erishishda katta yordam berishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlab o‘tildi. 

Gender tenglik jamiyat rivojida muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi bugungi kunda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bugun oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani borasida so‘z bordi.