Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro aeroportlarga eng yaxshi nom berishga doir tanlov muddati uzaytirildi

Chop etish Sahifani ulashish
30.10.2020 4726 Yangiliklar

 

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi va "O‘zbekiston aeroportlari" AJ hududlardagi xalqaro aeroportlarimizga eng yaxshi nom berishga doir tanlov muddatini 2020 - yilning 5 - noyabriga qadar uzaytirdi.

Tanlovning maqsadi O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarga eng yaxshi nom topish jarayoniga keng jamoatchilikni jalb qilishga yo‘naltirilgan. Toshkent shahar Islom Karimov nomli hamda Andijon shahar Zahiriddin Muhammad Bobur nomli aeroportlar bundan mustasnodir.

Mazkur tanlovda  ishtirokchining fuqaroligidan qatʼi nazar, 16 yoshdan oshganlar, jumladan, talabalar, ijodkorlar, olimlar, tarixchilar va mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish istagida bo‘lgan barcha kishilar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish shartlari:

Komissiya eng yaxshi loyihalarni tanlashda quyidagi mezonlarga tayanadi:

Takliflar faqat onlayn tarzda qabul qilinadi. Loyihalar ishtirokchining shaxsiy maʼlumotlari (to‘liq ismi sharifi, yoshi, ish faoliyati, yashash joyi, telefon raqami), aeroport nomlari bo‘yicha taklifi, shuningdek g‘oya tavsifi va hudud uchun ahamiyati haqidagi izoh bilan birga taqdim etiladi. Tanlov uchun taqdim etilgan takliflar (nomlar, uning variantlari va izohlar) mualliflarga qaytarilmaydi.

Materiallar tanlov@uzbektourism.uz elektron manzilga yuborilayotganda “mavzu” ustuniga “Aeroport nomi” deb yozish lozim.

Tanlovda ishtirok etish, g‘olib bo‘lgan taqdirda, taqdim etilgan nom variantini qo‘llashga doir mutlaq huquqni tanlov ishtirokchilariga avtomatik ravishda taqdim etishni ko‘zda tutadi.