Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Salomatlik rukni

 

Sog‘lom hayot – sog‘lom fikr, bilim va ko‘nikmadan boshlanadi

 

    Bugungi kunda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, fuqarolarning tibbiy va ovqatlanish madaniyatini yuksaltirish nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo hamjamiyati oldida turgan dolzarb masaladir. Bunda sanitariya va gigiyena qoidalari, oqilona ovqatlanish tarziga rioya etishga doir profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish, mehnat jamoalarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ovqatlanish madaniyati, jismoniy faollikni targ‘ib etish muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Mamlakatimizda global pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish hamda aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish orqali aholida kasallikka qarshi immun tizimini shakllantirish, kasallikdan keyingi davrda tiklash va reabilitatsiya ishlarini tashkil etish hamda aholining sog‘lom turmush tarzi garovi sifatida to‘g‘ri ovqatlanish targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni qabul qilinishi ham bejiz emas.

 

Transport vazirligi ishchi-xodimlar o‘rtasida ham sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida muntazam ravishda turli-tuman sport musobaqalari va treninglar o‘tkazib kelinmoqda. Aynan ushbu maqsadda tashkil etilgan navbatdagi tadbirda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Valeologiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Nozima Fayzieva, “Lokomotiv” markaziy jismoniy sport klubi yetakchi muhandisi Shirinxon Habibullaeva, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Markaziy klinik kasalxonasi parxez bo‘yicha shifokori Shaxlo Usmanovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

 

 

Nozima Fayzieva uzoq hayot kechirish uchun to‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi va ayniqsa, to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish, uning kundalik turmushda va mehnat jamoasida ish samaradorligiga erishishdagi ahamiyatga alohida to‘xtalib o‘tdi. To‘g‘ri ovqatlanishni belgilashda ozuqa miqdori va tarkibi, unga kulinar ishlov berish usullari, organizmning individual xususiyatlari, mintaqa, iqlim, fasllar, mavjud xastaliklar, kasbiy omillar kabi ko‘rsatkichlarni inobatga olish zarur ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

 

 

Shirinxon Xabibullaeva esa jismoniy tarbiya va gimnastika bilan muntazam shug‘ullanish har bir kishining kundalik hayot tarziga aylanishi kerakligini aytib o‘tdi. Ko‘pchiligimiz kun davomida 6-7 soat o‘tirishni taqozo qiladigan mehnat faoliyatiga bog‘lanib qolganmiz. Bu esa diabet, yurak xuruji, ortiqcha vazn kabi xastaliklarning sababchisiga aylanishi mumkin. Ana shunday salbiy oqibatlarning oldini olish uchun esa ish vaqtida 10-15 daqiqa vaqt ajratib oyoq qo‘llarimizni, yelka va bo‘yin qimslarimizni harakatga keltirib chigal yozdi mashqlarini bajarish juda muhim ekanligi va bunga har bir hodim odatlanishi lozimligi tushuntirildi.

 

    Sogʼlom turmush tarzi farovon hayot asosi


      Transport vazirligi ishchi xodimlari oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanishga jalb etish maqsadida “Sogʼlom turmush tarzi farovon hayot asosi” shiori ostida turli-tuman sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

      Ishchi xodimlarning jismoniy rivojlanishi orqali mehnat unumdorligi va samarali ish faoliyatiga erishish maqsadida vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan dam olish kunlari muntazam ravishda vazirlik markaziy apparati xodimlari oʼrtasida mini futbol boʼyicha musobaqalar oʼtkazilmoqda.

      – Bugungi musobaqa orqali hamkasblar bilan sogʼlom raqobatda belashdik. Аgar inson sogʼlom boʼlsa, ishida ham unum boʼldi , – deydi F. Narxoʼjaev. – Xalqimizda sogʼ tanda sogʼlom aql, degan gap bejizga aytilmagan.

 

“Chimyon” yoshlar oromgohida ikki kunlik dam olishlari tashkil etildi.

      Inson salomatligi buyuk neʼmat, hozirgi pandemiya paytida sogʼliqdan muhim neʼmat yoʼq ekanini barchamiz qalbdan his etyapmiz. Turli-tuman kasalliklarga qarshi kurashishda birinchi galda immun tizimi mustahkam boʼlishi, tana doimiy harakatda boʼlishi talab etiladi. Sogʼlom turmush tarzi esa bu — har qanday kasalliklar profilaktikasi va salomatlik, kuch-quvvat garovidir.

      Transport vazirligi tomonidan ishchi xodimlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanishga jalb etish maqsadida “Sogʼlom turmush tarzi - farovon hayot asosi” shiori ostida turli-tuman tadbirlar tashkil etilmoqda.

      Xodimlarning dam olish kunlarini mazmunli oʼtkazib tabiat qoʼynida maroqli hordiq chiqarishi, shuningdek, oilalarida sogʼlom turmush tarzi poydevorini shakllantirish uchun sharoit yaratish maqsadida vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan bir guruh yosh ishchi xodimlarning Toshkent viloyati, Boʼstonliq tumanida joylashgan “Chimyon” yoshlar oromgohida ikki kunlik dam olishlari tashkil etildi.

     Oromgohda dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli-tuman sport musobaqalari, maʼnaviy – maʼrifiy kechalar, shuningdek, “Team building” dasturi doirasida xodimlar oʼrtasida oʼzaro koʼmak, ishonch hamda ruhlantirish hususiyatlarini shakllantirishga yoʼnaltirilgan tadbirlar oʼtkazilmoqda.

      – Аsosiy maqsadimiz xodimlarimizning salomatligini mustahkamlash, bu orqali esa ish faoliyati davomida mehnat unumdorligi va samaradorlikka erishishdan iborat, – deydi F. Norxoʼjaev.

          – Sogʼlom turmush tarziga rioya etish insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish garovidir.