O' Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I
T R A N S P O R T   V A Z I R L I G I

Shavkat Mirziyoyev: Bironta xonadon, bironta odam e’tiborsiz qolmaydi

01 May

Shavkat Mirziyoyev: Bironta xonadon, bironta odam e’tiborsiz qolmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

Yomg‘ir yog‘ib, kuchli shamol bo‘lgani sababli 1 may kuni ertalab Sardoba suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilgan edi. Oqibatda suv oqimi aholi punktlari, kommunikatsiya tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi maydonlariga katta zarar etdi.

Davlatimiz rahbari zudlik bilan voqea joyiga yetib keldi. Hukumat komissiyasi tashkil etilib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish va ularga har tomonlama yordam berish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rildi.

Prezidentimiz Oqoltin tumanida aholi bilan uchrashib, ofatdan jabrlangan har bir inson alohida e’tiborga olinishi, hamma uy-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanishini ta’kidladi.

– Bu hech kim kutmagan sinov. Birinchi harakatimiz odamlarni ehtiyot joylarga ko‘chirish bo‘ldi. Eng katta masala – o‘lim bo‘lmasligi. Oqsoqollar, mahalla raislari va nozirlaridan iltimos qilaman: odamlarni yig‘ib, uylarga, palatkalarga joylashtirib, oziq-ovqat bilan ta’minlab, mahallama-mahalla saranjom qilib olishimiz kerak. Buning uchun hamma kuch va vositalarni safarbar qilamiz. Sharoit yaxshi bo‘lmaguncha bironta rahbar ketmaydi. Sabr qilib, og‘irlikni elkamizga olib, chidashimiz kerak. Bironta xonadon, bironta odam e’tiborsiz qolmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tezkor chora-tadbirlarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, mahalliy hokimliklar, qurilish-ta’mirlash tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari va boshqa xizmatlar mutaxassislari safarbar etildi. Suv ombori yaqinidagi mahallalar aholisi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi. Jumladan, tumanlarda tashkil etilgan maxsus shtablar tomonidan maktab, kollej, korxona va xonadonlarga joylashtirildi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi shaxsiy tarkibi va maxsus texnikalari aholini evakuatsiya qilish va tegishli xo‘jalik ob’ektlarini jihozlash uchun safarbar qilindi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududiy boshqarmalari evakuatsiyaga ko‘maklashish, tartibni saqlash ishlariga jalb etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev Sardoba suv ombori to‘g‘oni ochilgan joyga borib, uni ko‘zdan kechirdi. Hukumat komissiyasi va mutaxassislar bilan muhokama qilgan holda suv oqimini to‘xtatish uchun zarur kuch va vositalar jalb qilindi.

Hozirda to‘g‘ondan suv chiqishi to‘xtagan. Toshgan suv oqimi Oqoltin tumanidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan.

Prezidentimiz vaziyatni shaxsiy nazoratga olgan.

Davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

Do'stlaringizga ulashing:

Boshqa maqolalar:

10 Aug

2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

06 Aug

Vatandoshlarimiz Rossiya Federatsiyasining Samara va Orenburg viloyatlaridan yo‘lovchi poyezdlar orqali qaytarilmoqda

Vatandoshlarimiz Rossiya Federatsiyasining Samara va Orenburg viloyatlaridan yo‘lovchi poyezdlar orqali qaytarilmoqda

Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
A'zo bo'lish