Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O'zbekiston parvozlar xavfsizligi nazoratini ta'minlash bo'yicha IKAO auditidan muvaffaqiyatli o'tdi

Chop etish Sahifani ulashish
29.05.2023 2014 Yangiliklar

O'zbekiston IKAO auditidan muvaffaqiyatli o'tdi. Xalqaro tashkilot ekspertlari tomonidan O'zbekistonda parvozlar xavfsizligi tizimining ishlashini baholash bo'yicha kompleks audit tekshiruvi o'tkazilib, ijobiy xulosa berildi.

 

Rejali audit doirasida joriy yilning 17-29-may kunlari IKAO auditorlar guruhi parvozlar xavfsizligi holati bo'yicha rejali tekshiruv o'tkazdi, shuningdek, transport vazirligi, "O'zaviasiya" agentligi, O'zgidromet, "O'zaeronavigasiya" markazi DUK, "Uzbekistan Airways" AJ, "Panorama Airways" MCHJ, "I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" MCHJ hamda "Uzbekistan Airways" AJning "o'quv mashq markazi"larida IKAO standartlari talablarining bajarilishi ustidan tekshiruv o'tkazdi.

 

Audit natijalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasida parvozlar xavfsizligiga ta'sir etuvchi nomuvofiqliklar (SSC) aniqlanmadi.

 

O'zbekistonda IKAO standartlarini joriy etish umumiy samaradorligining dastlabki ko'rsatkichi 64 % tashkil etdi, bu to'liq auditdan o'tgan boshqa davlatlar bilan solishtirilganda yaxshi ko'rsatkich deb e'tirof etiladi.

 

Mazkur audit fuqaro aviasiyasi sohasida parvozlar xavfsizligi tizimini tashkil etishni baholashning eng muhim ob'ektiv vositalaridan biri xisoblanadi.

 

Yakuniy audit hisoboti 2023 yilning 15 noyabrgacha taqdim etiladi va IKAOning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.