Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“UZAUTOTRANS SERVICE” korxonasi

Chop etish Sahifani ulashish
25.12.2019 26994 Yangiliklar

Ushbu korxona O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va TIF Milliy banki tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, aholiga zamonaviy transport xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Mazkur korxona parkini zamonaviy avtobuslar bilan ta’minlash borasida Xitoy Xalq Respublikasining «Zhengzhou Yutong Bus Co. Ltd.» kompaniyasi bilan 2018 yilda imzolangan shartnomaga ko‘ra, 168 dona ko‘p o‘rindiqli zamonaviy avtobuslar sotib olindi.

Bugungi kunda korxona 19 ta shaharlararo va 10 ta xalqaro yo‘nalishlarda muntazam qatnovlarni amalga oshirib kelmoqda. Korxonada 400 dan ziyod ishchilar faoliyat ko‘rsatadi.