O' Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I
T R A N S P O R T   V A Z I R L I G I

Toshkent metropoliteni

Toshkent metropoliteni

Toshkent metrosi 1977 yilda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ishga tushirilgan. Ayni paytda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod tarmoqlarining umumiy uzunligi 36,2 km.ni tashkil etadi. Jami 29 stansiyadan iborat yer osti tizimi go‘zalligi noyob va o‘ziga hosdir.

Toshkent metropoliteni har kuni tongi 05:00 (Yunusobod yo‘nalishida 06:00)dan 00:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Shahar ko‘chalarida Metro bekatlariga tushish joylari “M” belgisi bilan ajratilgan.

Bugungi kunda Toshkent metropolitenini kengaytirish bo‘yicha 3 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bular, umumiy uzunligi 54,8 kilometrni tashkil etuvchi yer usti halqa metro yo‘lini qurish, Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishida uzunligi 2,93 kilometrdan iborat 2 ta – “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlarini barpo etish hamda uzunligi 7,1 kilometr bo‘lgan Sirg‘ali liniyasi qurish bo‘yicha ishlar jadal davom etmoqda.

2025 yilga borib Toshkent metropoliteni yana 4 barobar kattalashadi va poytaxt yer osti temir yo‘llarining umumiy uzunligi 157 kilometrni tashkil qiladi.

Do'stlaringizga ulashing:

Boshqa maqolalar:

26 Oct

23 Oct

O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib kelish uchun navbatdagi avtobuslar yo‘lga chiqdi

O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib kelish uchun navbatdagi avtobuslar yo‘lga chiqdi

Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
A'zo bo'lish