Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xavfsiz yo‘llarni loyihalash masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
11.03.2024 1106 Yangiliklar

Bugun transport vazirligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi “Markaziy Osiyoda yo‘llarni xavfsiz va inklyuziv loyihalash” dasturi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha BMTning Yo‘l harakati xavfsizligi jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.

 

Loyiha Xalqaro avtomobil yo‘llarini baholash dasturi (iRAP), Xavfsiz va barqaror transport Sharqiy alyansi (EASST), Xalqaro yo‘l federatsiyasi (IRF) tashkilotlari hamkorligida taqdim etilgan.

 

Dastur doirasida yo‘llarni loyihalash jarayonida qo‘llanilayotgan standartlarni har tomonlama o‘rganish va tahlil qilish orqali takomillashtirish maqsad qilingan.

 

Uchrashuv davomida xorijlik mutaxassislar yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, xavfsiz yo‘llarni loyihalash, yo‘l muhandisligi masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazishdi.