Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

VILOYATLARARO AVTOTRANSPORT HARAKATI BUTUNLAY TO‘XTATILDI

Chop etish Sahifani ulashish
27.03.2020 9714 Yangiliklar

Hurmatli fuqarolar mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi keng miqiyosda tarqalishining oldini olish maqsadida bugun, 27 mart soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo yo‘nalishlarda barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi.

Aholi salomatligini asrash, sanitariya osoyishtaligini ta’minlash maqsadida joriy etilayotgan vaqtinchalik cheklov choralarini to‘g‘ri baholagan holda unga so‘zsiz amal qilishingizni so‘rab qolamiz.

Karantin qoidalariga qat’iy amal qilish va asosiy vaqtni uyda o‘tkazish koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olishda eng samarali usuldir. Shu bois zarurat bo‘lmaganda, ko‘chaga chiqmasdan, oila davrasida qolish juda muhimligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Ushbu cheklov chorasi yuk tashuvlari bilan shug‘ullanayotgan avtotransport vositalari va ularning haydovchilariga nisbatan tadbiq etilmaydi. Biroq yuk avtotransport vositalarida hujjatlarda qayd etilmagan shaxslarning harakatlanishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

Barcha sa’yi-harakatlar – aholi salomatligi va osoyishtaligi uchun! Uyda qoling!