Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent metrosining “Turon” va “Qipchoq” bekatlari yo‘lovchilar xizmatida

Chop etish Sahifani ulashish
11.03.2024 1105 Yangiliklar

Bugun, 11-mart sanasidan Toshkent metropoliteni Yer usti halqa yo‘lining II bosqichi doirasidagi "Turon" va "Qipchoq" bekatlari yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshladi.

 

Mazkur bekatlarning ishga tushirilishi bilan “O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi” deb nomlan yer usti metro halqa yo‘li Sergeli liniyasi bilan bog‘landi.

 

Natijada Toshkent metropoliteni yo‘nalishlar tarmog‘ining umumiy uzunligi 71,0 km ga yetdi. Metropoliten bekatlari soni esa 50 tani tashkil etmoqda.


"Turon" va "Qipchoq" bekatlari ishga tushishi bilan poytaxtning Yashnobod, Mirobod, Sergeli va Yangi hayot tumanlaridagi 62 ta mahallada yashovchi 251 ming aholi metropoliten xizmati bilan qamrab olindi.