Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Tbilisi shahrida kunning tig‘iz vaqtlarida katta hajmli yuk transport vositalarining harakatlanishi cheklandi

Chop etish Sahifani ulashish
14.03.2024 981 Yangiliklar

2024-yilning 20-martidan Gruziya poytaxti Tbilisida M3, N2, N3 toifali transport vositalarining shahar ichidagi umum foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida harakatlanishiga cheklovlar joriy etiladi.

 

Cheklovlar kunning tig‘iz vaqtlarida soat 08:00 dan 11:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha amal qiladi.

 

Ushbu cheklovlar kalendar yilining avgust oyi, Gruziya qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlari hamda Tbilisi atrofidagi aylanma yo‘llarga taalluqli emas.

 

Ushbu cheklovlarga amal qilmagan holda qoidabuzarlik sodir etilgan taqdirda Gruziya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1352-moddasiga muvofiq,  yirik hajmli avtotransport haydovchilari birinchi marta 1000 lari, ikkinchi va undan keyingisi uchun 3000 lari miqdorida jarimaga tortiladi. Bundan tashqari, katta hajmdagi avtotransport vositasidan foydalangan holda iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsga ham xuddi shunday miqdorda jarima solinadi.

 

Milliy tashuvchilardan xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida ushbu ma’lumotni inobatga olgan holda harakatlanishini so‘raymiz.