Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Sojitz  va Rönesans kompaniyalari DXSh asosida transport sohasidagi loyihalarda ishtirok etishga qiziqmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
01.05.2024 693 Yangiliklar

Bugun, 1-may kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev “Sojitz” kompaniyasi Yevropa filiali bosh menejeri Machida Yasuhide hamda “Rönesans” kompaniyasi boshqaruv raisi Djem Ozoguz janoblari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda transport sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik masalalari atroflicha muhokama etildi.

 

Xususan, xorijiy kompaniya vakillari O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirayotganligini ma’lum qildi.

 

Xorijiy kompaniya vakillariga mamlakatimizda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida DXSh asosida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.