Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Mastercard bilan hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
15.02.2024 970 Yangiliklar

Transport vaziri o‘rinbosari I.Abdugafarov “Mastercard” kompaniyasining Sharqiy Yevropa bo‘limi prezidenti Suleyman Sozeri bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda Mastercard kompaniyasi bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi. Xususan, barcha turdagi transport chiptalarining elektron tijorat tizimlarini rivojlantirish, ushbu jarayonda kiberxavfsizlik darajasini oshirish bo‘yicha yechimlar ishlab chiqish, kompaniya ma’lumotlari asosida aholining mobillik darajasini o‘rganish hamda transport sohasida kiberxavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishida xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha seminarlar tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

 

Uchrashuvda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.