Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"LOT Polish Airlines" aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Chop etish Sahifani ulashish
14.03.2024 911 Yangiliklar

13-mart kuni soat 22:55 da Varshava aeroportidan "LOT Polish Airlines" aviakompaniyasining Toshkentga birinchi muntazam parvozi amalga oshirildi. Aviakompaniyaning Boeing 737 MAX 8 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 09:00da poytaxtga (Polsha vaqti bilan 05:00) kelib qo‘ndi. Parvoz 6 soat davom etgan.

 

Toshkent xalqaro aeroportida yangi yo'nalishning ochilish marosimida aeroport direktori Jasur Po‘latov, Polish Airlines kompaniyasi bosh direktori Mixal Fiyol, O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Amirsaid Agzamxo‘jayev, Polshaning O‘zbekistondagi elchisi Radoslav Gruk, O‘zbekiston Transport va Madaniyat vazirliklari hamda Turizm qo‘mitasi vakillari, ikki mamlakat jurnalist va blogerlari ishtirok etdi.

 

“Bugun "LOT Polish Airlines" aviakompaniyasining yana bir yoʻnalishi ochildi. O‘zbekiston dunyodagi eng qiziqarli mamlakatlardan biri bo‘lib, Polsha va Yevropadan kelgan yo‘lovchilarga juda ko‘p narsalarni taklif qila oladi. Ishonchim komilki, havo kemamiz bortida Markaziy Osiyoning yuragiga qulay sharoitda yetib borish imkoniyati Polsha va O‘zbekiston o‘rtasida turizm va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun turtki bo'ladi. Biz bu yoʻnalishni Oʻzbekiston fuqarolari manfaatlarini ham hisobga olgan holda ochdik. Qulay tranzit punkti boʻlgan Varshavaning Shopin aeroportidan Toshkent yoʻlovchilari bizning yoʻnalishlar tarmogʻimizda mavjud boʻlgan Yevropa yoki Shimoliy Amerikaning 80 ga yaqin shaharlariga yetib borishlari mumkin”, – dedi aviakompaniya bosh direktori Mixal Fiyol ochilish marosimida.

 

“Varshava va Toshkent oʻrtasida aviaqatnovlarning ochilishi biz uchun Yevropa bilan havo aloqalarini oʻrnatishda muhim qadam boʻldi. Pandemiyadan so‘ng "LOT Polish Airlines" O‘zbekiston fuqarolari uchun Yevropa shaharlariga, yevropaliklar uchun esa O‘zbekiston shaharlariga parvozlarni ochgan birinchi Yevropa aviakompaniyasi bo‘ldi. Biz buni aviakompaniya va aeroport o‘rtasidagi hamkorlikdan ko‘ra ko‘proq deb bilamiz – havo qatnovi har ikki tomon turizmini rivojlantirishda yangi sahifa ochadi. Umid qilamanki, ikki kun davomida Polshadan kelgan mehmonlar, jumladan, jurnalistlar, blogerlar va turoperatorlar O‘zbekistonni qaytadan kashf etadilar va o‘z nashrlari, telekanallari va ijtimoiy tarmoqlarida bu haqda so'z yuritishadi”, — deya qo‘shimcha qildi "Uzbekistan Airports" rahbari Javlonbek Umarxodjayev.

 

Toshkent – Varshava – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftasiga uch marta – dushanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Aprel va may oylarida aviatashuvchi, chorshanba kunlari Varshavaga rejalashtirilgan qaytish bilan, seshanba kunlari ushbu yo'nalish bo'yicha qoʻshimcha parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Aviachiptalarni lot.com aviakompaniyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek, chiptalar va sayyohlik agentliklaridan sotib olish mumkin.

 

"LOT Polish Airlines" — 1929-yilda tashkil etilgan Polsha aviakompaniyasi, shtab-kvartirasi Varshavada joylashgan. Aviakompaniya "Star Alliance" - dunyodagi eng qadimgi va yirik alyans a'zosi hisoblanadi. Aviakompaniya parkiga 80 ga yaqin samolyotlar kiradi va uning tarmog‘i 100 dan ortiq turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.