Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hududlarda jamoat transporti harakat tarkibi yangilanmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
16.04.2024 1120 Yangiliklar

Farg‘ona viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

 

Hududda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Xususan, «Bekavtoyo‘lovchitrans» MChJ tomonidan Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan 20 dona zamonaviy ISUZU HC 45 rusumli avtobuslar xarid qilindi.

 

Mazkur avtobuslar tez orada Qo‘qon shahri avtobus yo‘nalishlarida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.