Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

9-aprel sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Chop etish Sahifani ulashish
09.04.2024 678 Yangiliklar

Bugun, 9-aprel ulug‘ davlat va jamoat arbobi sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Bu yil sarkarda tavalludining 688 yilligi keng nishonlanmoqda.

 

Amir Temur – o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biridir.


Poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Prezident Administratsiyasi, parlament a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ullari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Transport vazirligi jamoasi buyuk zotga hurmat va ehtirom ko‘rsatib, salobat to‘kib turgan sohibqiron haykali poyiga anvoyi gullar qo‘yib, ulug‘ siymo xotirasiga hurmat bajo keltirdi.