Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent shahar hududidagi shahar avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tender o‘tkaziladi

Chop etish Sahifani ulashish
08.11.2023 2157 Yangiliklar

 

Toshkent shahar hududidagi shahar avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha 2023-yil 10-dekabr soat 14:00 da elektron tarzda navbatdagi OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI

 

T/R

Yoʻnalish raqami

Yoʻnalish nomi

Yoʻnalish turi

                     Shahar avtobus yo‘nalishlari

1

171

 

Bo‘zsuv markazi – Chilonzor metrosi

 

Avtobus

2

175

Taraqqiy mahallasi – Yunusobod dehqon bozori

Avtobus

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 59-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 116-sonli va 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi.

 

Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 116-sonli qarorining 1-ilovasi “Muntazam avtobus yoʻnalishida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM”ga hamda 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

 

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

 

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

 

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

 

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

 

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

 

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi.

 

Maʼlumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01 (308).