“Umumiy foydаlаnishdаgi аvtomobil yo`llаrini qurish vа rekonstruksiya qilish direksiyasi” dаvlаt unitаr korxonаsi quyidagi obyektlar bo`yicha tender e`lon qiladi:
- Obyekt nomi: 4R 90b “Qarshi sh. - Beshkent sh. - Qamashi q. - Kasbi q. - Koson sh. a/y dan Qarshi aeroportiga kirish" a/y ning 0-6 km qismini toʼla taʼmirlash
Obyektning boshlang`ich narxi: 18 301 402 898 so`m.
Joylashgan hudud: Qashqadaryo viloyati
Qurilish muddati: 16 оy.
Lot raqami: http://dxarid.uzex.uz/ru/tender2/lot/7047037/
-
Obyekt nomi: 4R47 “Bulungʼur sh.-Urgut sh.-M39 avtoyoʼli" avtomobil yoʼlining 53-60 km qismini toʼla taʼmirlash
Obyektning boshlang`ich narxi: 25 846 622 494 so`m.
Joylashgan hudud: Samarqand viloyati
Qurilish muddati: 28 оy.
Lot raqami: http://dxarid.uzex.uz/ru/tender2/lot/7047043/
Buyurtmachi: “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” Davlat unitar korxonasi (Toshkent shahar, Mustaqillik shoh ko`chasi, 68-uy.)
Tender tashkilotchisi: Qurilish vazirligi huzuridagi Tanlov savdolarini tashkil etish Toshkent shahar konsalting markazi (Toshkent shahar, Аbay ko`chasi, 6 uy, 705 xona, tel: Parmanov Ulugbek 99-484-56-66).
Moliyalashtirish manbasi: Davlat byudjeti.
- Tender ishtirokchilari ish (xizmat) larni bajarish uchun zarur bo`lgan mehnat resurslari va mutaxassislarning mavjudligiga, mutaxassislarning yetarli kasbiy va texnikaviy malakaga, moliyaviy imkoniyatlarga, shartnoma tuzish yuzasidan fuqarolik-muomala layoqati vakolatlariga ega va tajribali bo`lishlari shart.
- Takliflarni baholashda Tender ishtirokchilarining (oferent) tender takliflari (oferta) qonun hujjatlariga muvofiq qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilingan import qiluvchilarning tovar (ish, xizmat) lari qo`shilgan qiymat solig`i summasi qo`shimcha ravishda hisobga olinadi.
- Ishtirokchi tenderda qatnashish to`g`risidagi taklifi va tender hujjatlari bo`yicha so`rovnomalar bilan tender tashkilotchisi Qurilish vazirligi huzuridagi Tanlov savdolarini tashkil etish Toshkent shahar konsalting markaziga quyidagi manzil bo`yicha murojaat etishlari mumkin: Toshkent shahar, Аbay ko`chasi, 6 uy, 705 xona, tel: 71-244-12-17.
- Tasdiqlangan tender hujjatlari bilan tanishish uchun buyurtmachi tomonidan joylashtiriladigan davlat xaridlari bo`yicha maxsus https://dxarid.uzex.uz/ axborot portalidan yuklab olishlari mumkin.
- Tender tashkilotchisiga takliflarni maxsus axborot portalida tender e`lon qilingan kundan boshlab 30 kalendar kuni ichida Toshkent shahar, Аbay ko`chasi, 6 uy, 705 xona, tel: 71-244-12-17;
e-mail: tender_tash@bk.ru manzilga topshirish lozim. Tender takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati 2020 yil 15 oktyabr kuni soat 17:00 gacha.
Taklif (ofertalar) ochilishi https://dxarid.uzex.uz/ maxsus axborot portalida e`lon chop etilgan kundan boshlab 30 kundan keyin, quyidagi manzilda o`tkaziladi: Toshkent shahar, Mustaqillik shoh ko`chasi, 68-uy majlislar zali.