Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Maxsus poyezd reyslari orqali Samara va Yekaterinburgdan ikki mingga yaqin yurtdoshimiz olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
15.09.2020 4984 Yangiliklar

 

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan, shuningdek, Yekaterinburgdan olib kelish uchun “Toshkent–Kinel–Toshkent” hamda “Toshkent–Yekaterinburg–Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 12 sentyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 834 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stantsiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Mazkur poyezd bugun erta tongda Samarqand shahriga yetib bordi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga yetkazildi.

Shuningdek, 847 nafar yurtdoshlarimiz bilan 12 sentyabr kuni Yekaterinburgdan O‘zbekistonga jo‘nagan poyezd ham bugun erta tongda Toshkent shimoliy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.