Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

«Havodagi harakatni boshqarish» ixtisosligi bo‘yicha ta’lim muassasasi bitiruvchilarini ishga qabul qilish tartibi

Chop etish Sahifani ulashish
10.07.2020 9370 Yangiliklar

 

«Havodagi harakatni boshqarish» ixtisosligi bo‘yicha ta’lim muassasasi bitiruvchilarini “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKga ishga qabul qilish vaqtida tanlash va navbatga qo‘yish tartibi quyidagicha

Tanlov «O‘zaeronavigatsiya» Markazi DUK direktorining buyrug‘i bilan tayinlangan komissiya tomonidan tashkil etiladi. Komissiya o‘z ishida «O‘zaeronavigatsiya» Markazi DUKga «Havodagi harakatni boshqarish» ixtisosligi bo‘yicha ta’lim muassasasi bitiruvchilarini ishga qabul qilish vaqtida tanlash va navbatga qo‘yish tartibi o‘rnatilishi bo‘yicha Nizom»ga amal qiladi.

Mazkur Nizomning 2.2.5. bandga muvofiq: Tanlovning o‘tkazilishi va davriyligi komissiya Raisi tomonidan belgilanadi.

Navbatdagi tanlovni o‘tkazilish zaruriyatini aniqlovchi asosiy omil, «O‘zaeronavigatsiya» Markazining yangi HHB mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoji hisoblanadi.

Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

I – bosqich «Nomzodlarni ro‘yxatga olish»;
II – bosqich «Nazariy bilimlarni tekshirish»;
III – bosqich «Ingliz tili bilimini oldindan tekshirish»;
IV – bosqich «Nomzodni IKAO shkalasi bo‘yicha ingliz tilini bilish darajasini aniqlashga yo‘llash»;
V – bosqich «Ishga qabul qilish uchun navbatga qo‘yish»;
VI – bosqich «Nomzodni (VLEK) TUEK tibbiy uchuvchilar ekspert komissiyasiga tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun yuborish».

Tanlovda o‘zbek, rus va ingliz tillarini biladigan, «Havodagi harakatni boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha diplomga ega bo‘lgan, 19 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari ishtirok etishiga ruxsat beriladi.


Mutaxassislarni ishga qabul qilish yoki boshqa joyga o‘tkazish navbatga qo‘yish tartibi asosida amalga oshiriladi.

Nomzod IKAO shkalasi bo‘yicha ingliz tili bilimini 4-darajali va undan yuqori darajali bilimga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi sertifikatni olgandan keyin uni navbatga qo‘yish va ariza topshirish uchun XIB (Xodimlar bilan ishlash bo‘limi)ga yuboriladi.

Navbatni taqsimlanishi, navbatga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani qabul qilinishi sanasi asosida, oddiy navbat tamoyiliga binoan amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida, ko‘proq ballarni to‘plagan nomzodlar, kamroq ball to‘plaganlarga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladilar.

Tanlovning barcha bosqichlaridan  muvaffaqiyat bilan o‘tgan mutaxassis 5 yilgacha bo‘lgan muddatga zaruriyat darajasiga qarab amaliyot o‘tash va keyinchalik ishlash uchun ruxsatnoma olishga «O‘zaeronavigatsiya» Markazi DUKning har qanday hududiy bo‘linmasiga ishga yuborilishi mumkin.