Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Chegirmalar to‘g’risida!

Chop etish Sahifani ulashish
28.10.2020 4644 Yangiliklar

 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Keksalarni qo'llab-quvvatlashning davlat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga binoan joriy yilning noyabr oyi «Keksalar uchun turizm oyligi» deb e'lon qilindi.

Keksalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo'yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ tomonidan 2020 yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun tarif narxidan 10% miqdorida chegirmalar belgilanmoqda. Chegirmalar faqat mahalliy yo‘nalishdagi barcha toifadagi vagonlar ("Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdidan tashqari) uchun belgilangan.

IZOH:  Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.