Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

13 iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va aviaqatnovlar to‘xtatiladi

Chop etish Sahifani ulashish
10.07.2020 5870 Yangiliklar

 

Mamlakatimizda kuzatilayotgan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Respublika maxsus komissiyasi Qarori bilan joriy yil 10 iyuldan e’tiboran respublika miqyosida qat'iy karantin cheklov choralari o‘rnatilmoqda.

Ushbu cheklov choralari xususan, barcha jamoat transporti qatnovi harkatiga ham ta’luqlidir. Ya’ni 10 iyul sanasidan e’tiboran avtobuslar harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.

13 iyul dushanba kunidan e’tiboran esa mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va aviaqatnovlar ham to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

Kuchaytirilgan karantin tartibi sharoitida faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq xorijiy davlatlardagi fuqarolarimizni Vatanga olib kelish bo‘yicha charter reyslar bajariladi.

Chegara punktlaridan fuqarolarni karantin hududlariga yetkazish uchun avtobus tashuvlari amalga oshriladi. Shuningdek, karantin muddatini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni reabilitatsiya uchun shifoxonalarga va yashash manzillariga yetkazish temiryo‘l va avtobus tashuvlari orqali amalga oshriladi.

Shu bilan birga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan “sariq” va “yashil” toifaga kiritilgan mamlakatlardan charter reyslari kelib tushgan arizalarga muvofiq ham tashkil etiladi.

Shuningdek, yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga quyidagi maxsus talablar asosida ruxsat beriladi:

yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi kerak;

haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi) lozim;

faqatgina ikki nafar yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi kerak;

faqatgina avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hudud doirasida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) harakatlanishi shart.